Xalqaro amaliyotda engil va yuk tashuvchi avtomobillar, avtobuslar, motosikllarni, katerlar, motor qayiqlar va boshqa transport vositalari ushbu sug'urta turiga kiritiladi.
Transport vositalarini bir vaqtning o'zida "Olib qochish" va "Zarar yetkazish" qaltisliklaridan sug'urtalash.
Qaltisliklarni tahlil etish jarayoni; o'z ichiga quyidagilarni oluvchi qaltisliklarni sug'urtalashga qabul qilish yoki qilmaslik: ularni baholash, sug'urtalanadigan va sug'urtalanmaydiganga klassifikasiyalash; qoplamaning muddatlari, shartlari va miqdorlarini aniqlash; mukofotning miqdorini hisoblash.
Jismoniy shaxs ma'lum vaqtdan boshlab, masalan nafaqaga chiqish vaqtidan boshlab doimiy kelib tushadigan summani olish huquqini beruvchi kompaniya bilan kelishuv yoki shartnoma. Umumiy hollarda annuitet doimiy to'lanadigan va olinadigan summani anglatadi.
Sug'urta hodisasi yuz berganda sayyohlarni sug'urtalash shartnomasi doirasida taqdim etiladigan tibbiy, texnikaviy yoki moliyaviy tavsifga ega xizmatlar: jarohat, kasallik va hokazo. U tibbiyot xodimlarining xizmatlarini, maxsus transportda stasionarga etkazishni, jabrlanuvchini doimiy yashash joyiga etkazishni o'z ichiga oladi.
Davoni ko'rib chiquvchi va uning tartibga keltirishni tashkillashtiruvchi shaxs.
Sug'urta kompaniyasining tariflari, zahiralari va majburiyatlari bilan shug'ullanuvchi matematik statistika va ehtimollar nazariyasi sohasida mutaxassis bo'lgan shaxs.
Ma'lum ob'ektni yoki jismoniy shaxsni sug'urtaga qabul etayotganda qaltislikni baholashni amalga oshiruvchi sug'urta sohasida yuqori malakali mutaxassis. Anderrayter taklif etilgan qaltisliklarni sug'urtalashga qabul qilish, tarif stavkalarni va sug'urta shartnomasining aniq shartlarini aniqlash, shuningdek sug'urta shartnomasini ma'lum shartlarda tuzishga qabul qilishga vakolati bor shaxs.
Tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan sug'urtaning nisbatan yangi turi. G'arbiy Yevropa davlatlarida va AQShda bank sug'urtasi — bu tijorat banklarining sug'urta sohasiga kirib kelishidir; faoliyat yuritayotgan sug'urta kompaniyalarini sotib olish va keng yoyilgan bank filiallari orqali sug'urta polislarini sotish tizimlarini tashkil etishda namoyon bo'ladi.
Mulk sug'urtasining bir turi; ko'p qaltisliklarni qoplab, lekin hammasini qoplamaydi. Bunday turdagi sug'urta shartnomalarida sug'urta himoyasi ko'zda tutilmagan istisnolar qayd etiladi.
Sug'urtalangan shaxsning irodasiga bog'liq bo'lmagan tasodifiy, qisqa davrda yuz beruvchi odam organizmiga tashqaridan ta'sir etadigan va travmatik jarohatga, yoki sog'liqning boshqacha yomonlashuviga va/yoki vafot etishiga olib keladigan hodisa.
Shaxsiy sug'urta turi; baxtsiz hodisa natijasida tana qismlarini zararlanishida polis egasiga ma'lum summani olish huquqini beradi.
Sug'urtalovchi tegishli qaltislikni sug'urtalashga qabul etish uchun tayyor bo'lgan mukofot (badal) stavkasi.
Baholash ob'ektlarining turli narxini belgilash bilan bog'liq baholovchilar faoliyati.
Bolaning yoki voyaga etmaganning (18 yoshga etmagan) hayoti sug'urta ob'ekti bo'lib hisoblanuvchi sug'urta turi.
Biron bir shaxs tomonidan boshqa shaxsning manfaatlarini sug'urta qoplamasi bilan ta'minlash maqsadida tuzilgan sug'urta shartnomasi.
Kelishilgan shartlarda sug'urtalanuvchi barcha ma'lum turdagi qaltisliklarini sug'urtalovchida sug'urtalash majburiyatini olishi bo'yicha sug'urta shartnomasi. Masalan, kelishilgan vaqt mobaynida sug'urtalanuvchi tomonidan jo'natiluvchi va qabul qilib olinuvchi yuklar bir sug'urtalovchi tomonidan sug'urtalanishi shart.
Shartnomani bekor qilish yoki to'xtatish to'g'risida bir tomon ikkinchi tomonga yozma xabar berishi muddatlarining shartlarini belgilaydigan sug'urtalash yoki qayta sug'urtalash shartnomasining bandi.
Sug'urta qildiruvchi tomonidan sug'urta polisida sug'urta qoplamasini yoki sug'urta summasini oluvchi deb ko'rsatilgan uchinchi shaxs.
Sug'urta ta'minotining tashkiliy shakli. Haqiqiy zarar miqdorida, ammo tomonlar belgilab olgan sug'urta summasidan ortiq bo'lmagan sug'urta qoplamasi, ya'ni sug'urta summasi doirasida zararning butun hajmi qoplanadi.
Umumiy yoki tegishli ulushdagi sug'urta summasida bo'lgan alohida polislarni topshirish bilan bir xil qaltisliklarni sug'urtalashda ma'lum ulushda ikki yoki undan ko'p sug'urtalovchilar ishtirok etadigan sug'urta turi.
Birlashib sug'urtalash shartnomasi ishtirokchisi.
Mulkni ochiqdan-ochiq o'g'irlash.
Sug'urtalashga qabul qilingan va qayta sug'urtalanishi lozim bo'lgan qaltisliklarning hujjatli rasmiylashtirilgan ro'yxati. Unda qaltisliklarning batafsil tavsifi keltiriladi.
Sug'urta qildiruvchi yoki sug'urtalovchi topshirig'iga ko'ra o'z nomidan sug'urta bo'yicha vositachilik faoliyatini amalga oshiruvchi, belgilangan tartibda tadbirkor sifatida ro'yxatdan o'tgan yuridik yoki jismoniy shaxs. O'z mavqeiga ko'ra sug'urta brokeri sug'urta qildiruvchining vakili hisoblanadi.
Ishni taqdim etgani uchun broker foydasiga bo'lgan mukofot puli; sug'urtalovchiga tegishli bo'lgan mukofotdan to'lanadi.
Sug'urta rezervlarini to'plash, ish olib borish xarajatlarini, agentlik mukofoti, sug'urtalovchining hodisani oldini olish tadbirlari fondiga va foydasiga ajratmalar.
Davlat tashkiloti sug'urtalovchi bo'lib ishtirok etadigan sug'urta.
Sug'urtada shaxsga, mulkka zarar etkazilishi yoki boshqa zararlarni qoplab berish talabi bo'lib, sug'urta hodisasi yuz berishi munosabati bilan sug'urtalovchiga sug'urtalanuvchi tomonidan amalga oshiriladi.
To'lash haqidagi qarorni bildirish va da'vo bo'yicha pul to'lash.
1) Yer, ko'chmas mulk, boshqa mulkka egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjat; 2) Biron bir mulkka egalik qilish uchun qonuniy huquq.
Mulk sug'urtasi turiga oid yoki atrof muhitni ifloslantirganlik bilan bog'liq qaltisliklarni sug'urtalash.
Mablag'larni ko'chmas mulkka qo'yish (qurilish, tiklash ishlari va sh.o'.).
Qonun bo'yicha mulk yoki uchinchi shaxslar oldidagi mas'uliyatini sug'urtalashga majbur bo'ladigan majburiy sug'urtadan farqli o'laroq ixtiyoriy shartnoma asosida amalga oshiriladigan sug'urta shakli.
O'z majburiyatlarini bajarmaslik yoki sidqi dildan bajarmaslik bilan bog'liq zararni qoplash haqida shartnoma shartlari bo'yicha o'z majburiyatlarini yaxshi bajarmagan tomonga da'vo qilinishi mumkin bo'lgan tijorat shartnomasi shartlari.
Sug'urtalovchiga qonunchilikda yoki sug'urta shartnomasida belgilangan tartibda xabar qilingan, sug'urta hodisasi yuz berishi natijasida sug'urtalanuvchining mulkiy manfaatlariga etkazilgan zararning pul ko'rinishi.
1) Sug'urta hodisasi oqibatida sug'urtalangan mulkka etkazilgan va sug'urtalovchi qoplab berishi lozim bo'lgan zarar; 2) Sug'urta hodisasi yuz berganligi fakti; 3) Tegishli sug'urta jamiyati sug'urta hodisasi bo'yicha amalga oshiriladigan ish; 4) Sug'urta qaltisligini amalga oshishi natijasida sug'urtalanuvchi yo'qotishlarining pul ko'rinishi.
To'langan yoki to'lanishi zarur bo'lgan sug'urta qoplamasi miqdorining ishlab topilgan sug'urta mukofotiga nisbati.