Ko‘p beriladigan savollar

Sug‘urta xizmatlari haqida eng ko‘p so‘raladigan savollarga javoblar

Sug‘urta polisi nima?

Sug‘urta shartnomasini tasdiqlovchi rasmiy hujjat bo‘lib, u Sug‘urtalovchi va Sug‘urta qildiruvchi huquqlari hamda majburiyatlarini belgilaydi.

Sug‘urta mukofoti nima?

Sug‘urta polisi uchun mijoz tomonidan to‘lanadigan pul mablag‘i.

Sug‘urta puli nima?

Hodisa yuz berganda Sug‘urtalovchi tomonidan to‘lanishi mumkin bo‘lgan sug‘urta qoplamasining eng yuqori miqdori.

Sug‘urta qilish qancha vaqt oladi?

my-polis.uz sayti orqali onlayn tartibda 3–5 daqiqa polis rasmiylashtirish mumkin.

Avtomobil uchun qanday sug‘urta turlari mavjud?

— Majburiy avtosug‘urta (TVEFJMSQ) — Ixtiyoriy KASKO

Avtosug‘urta (TVEFJMSQ) polisini qanday rasmiylashtirish mumkin?

Polisni rasmiylashtirish uchun my-polis.uz saytidan sug‘urta turini tanlang, texnik pasport seriyasi va raqami, transport vositasining davlat raqamini kiriting. Sug‘urta polisining amal qilish muddati va sug‘urta kompaniyasini tanlang. Telefon raqamingizni kiriting va to‘lovni amalga oshirib sug‘urta polisingizni yuklab oling.

Sug‘urta qilmasdan turib avtotransportni boshqarish mumkinmi?

Yo‘q. Avtosug‘urta (TVEFJMSQ) majburiy hisoblanadi va unga ega bo‘lmagan haydovchi jarimaga tortiladi.

Sug‘urta hodisasi yuz berganda nima qilish kerak?

Darhol sug‘urta polisidagi telefon raqami yoki onlayn-chat orqali qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling. Sug‘urta kompaniyasi hodimlari sizga bajariladigan harakatlar tartibi va zarur hujjatlar ro‘yxatini ma’lum qiladi.