Biz haqimizda
"MyPolis" MChJ — sug'urta sohasida innovatsion yechimlarni taqdim etuvchi zamonaviy raqamli platforma.
"MyPolis" mas'uliyati cheklangan jamiyati 23.09.2025 yilda 2949932-sonli guvohnoma asosida yuridik shaxs sifatida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan bo'lib, o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ravishda amalga oshiradi.
Bizning maqsadimiz
Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan sug'urta kompaniyalari tomonidan taklif etilayotgan sug'urta mahsulotlarini yagona raqamli platformada jamlash va ularni foydalanuvchilar uchun sodda, ochiq va qulay shaklda taqdim etish.
"MyPolis" MChJ — sug'urta sohasida innovatsion yechimlarni taqdim etuvchi zamonaviy raqamli platforma.
Bizning vazifamiz
Turli sug'urta kompaniyalarining polislarini yagona platformada integratsiya qilish
Mijozlarga sug'urta mahsulotlarini keng qamrovda taqqoslash imkoniyatini yaratish
Har bir foydalanuvchiga o'z ehtiyojiga mos sug'urta polisini erkin tanlash va oson rasmiylashtirish sharoitini ta'minlash
"MyPolis" MChJ orqali sug'urta mahsulotlari yanada shaffof, tushunarli va qulay bo'ladi. Biz texnologiya va ishonchni uyg'unlashtirgan holda, mijozlarga vaqtni tejash, aniq qaror qabul qilish va sug'urta xizmatlaridan maksimal darajada foydalanish imkonini beramiz.
"MyPolis" MChJ — sug'urtani tanlash emas, balki to'g'ri qaror qabul qilish oson bo'lgan platforma.